#Kutubxonadagi_bir_kun

Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazida har bir kun qizg‘in va mazmunli faoliyat bilan boshlanadi. Ertalab kutubxona xodimlari kitobxonlarni kutib olish, yangi adabiyotlarni joylashtirish hamda o‘quv zallarini tartibga keltirish ishlarini amalga oshiradilar.
Kun davomida kutubxonaga turli yoshdagi kitobxonlar tashrif buyuradilar. Ular badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar va davriy nashrlardan foydalanadilar. Kutubxonachilar kitobxonlarga kerakli adabiyotlarni topishda yordam berib, bibliografik va axborot xizmatlarini ko‘rsatadilar. Kitobxonlar ushbu xizmatlardan samarali foydalanib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini boyitmoqdalar.
Kun davomida kitob ko‘rgazmalari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va kitob taqdimotlari tashkil etiladi.