[27.08.2026 8:25] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 6 photos ]
#MutolaaMadaniyati
Imkoniyati cheklangan kitobxonga xizmat ko‘rsatildi
Joriy yilning 27-avgust kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xizmat bo‘limi xodimlari tomonidan imkoniyati cheklangan kitobxon Astanaqulova Safiyaga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Kitobxonning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, unga zarur adabiyotlarni tanlashda amaliy yordam ko‘rsatildi hamda kitoblardan foydalanishi uchun qulay sharoit yaratildi.
Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan barcha kitobxonlarga, jumladan, imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish va mutolaa qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mutolaa madaniyati