📚 Joriy yilning 11-sentyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida Kitob va Mutolaa haftaligi doirasida "Oʻzbek adabiyoti bilimdonlari" nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Ushbu koʻrgazmaga 15 dona kitob qoʻyildi hamda 20 - nafar oʻquvchilarga tanishtirildi. Koʻrgazmada oʻzbek adabiyotining atoqli shoir va yozuvchilarining asarlari, shuningdek, adabiy lugʻatlardan o‘rin olgan qimmatli manbalar kitobxonlar eʼtiboriga havola etildi.