Tanishing, yangi adabiyotlar!" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘tkazilayotgan "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida kitobxonlar uchun navbatdagi foydali va ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi. Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi kutubxonaga yangi kelib tushgan adabiyotlar asosida "Tanishing, yangi adabiyotlar!" nomli kitob ko‘rgazmasi namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma zamonaviy o‘quvchilar va mutolaaga oshno kitobxonlar uchun yangi bilimlar manbai bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyoti, fan, tarix, psixologiya, bolalar adabiyoti va boshqa turli yo‘nalishlardagi 40 nafar eng so‘nggi adabiyotlardan bilan tanishish imkonini berdi. 📚 Yangi bilimlar sari bir qadam qo‘ying – kutubxonamiz sizni kutmoqda!
Tanishing,yangi adabiyotlar