[08.05.2026 10:41] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: #Xotira_abadiy_xotira_abadiy

Joriy yilning 8-may kuni Zarbdor axborot kutubxona markazi hamda tumandagi "Oltin boshoq" nomli MTT bilan hamkorlikda kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida bolajonlarga Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, ajdodlarni e’zozlash va ularning jasoratini yodda saqlash haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, kutubxonadan foydalanish qoidalari, kitoblarni asrab-avaylash, mutolaa madaniyati hamda kutubxonadagi mavjud adabiyotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Bolalar ekskursiya davomida kitoblarga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, faol ishtirok etdilar.
📱Rasmiy sahifamizga obuna boʻling

Web-sayt | Telegram kanal | Telegram guruh |
Instagram | Youtube | Facebook | Twitter (X)|
[01.06.2026 9:23] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Bolalar — yurtimiz kelajagi, oilamiz quvonchi va hayotimiz mazmunidir. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha jajji bolajonlarni samimiy tabriklaymiz. Ularga sog‘lik, baxt, quvonch va yorqin kelajak tilaymiz. Har bir bolaning kulgusi doimo jaranglab, orzu-intilishlari ushalib yursin!
🌸 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar! 🌸

Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati