#bayramlar
2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni
🔹 Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2-aprel sanasini Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlashadi.
🔹 Bu sananing ham o‘ziga xos tarixi bor albatta.
🔹1967-yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi 2-aprel sanasini bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
🔹 Chunki shu kuni mashhur bolalar yozuvchisi Xans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan.
🔹 Kitoblar olami insoniyatning nafaqat ma’naviy–ma’rifiy qarashlari, balki ongu tafakkurini, dilidagi ezgu xislatlarini, yaxshilikka yondoshgan fikr-u o'ylarini, orzu-umidlarini birlashtirib, hayot maydonining eng yuksak cho`qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga o’xshaydi.
🔹 Uning har-bir sahifasi izlanishga, intilishga yangiliklar yaratishga chorlaydi.
🔹 Bu borada kutubxonalarning alohida xizmatlari tahsinga sazovor ekanini ta’kidlash joizdir.