Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi bibliografiya bo‘limi mutaxassisi Irisboyeva Ozodaning “Ayol baxtli bo‘lsa — jamiyat baxtlidir” nomli maqolasi ommaviy axborot vositalarida chop etildi.
Mazkur maqola yurtimizda 15-fevraldan 15-martga qadar o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida tayyorlangan bo‘lib, unda jamiyatda ayollarning o‘rni, ularning oiladagi va ijtimoiy hayotdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.
Maqolada ayolning baxti, uning qadri va hurmati jamiyat taraqqiyoti hamda farovonligining muhim omillaridan biri ekani alohida ta’kidlangan. Zero, ayol baxtli bo‘lgan jamiyatda mehr-oqibat, baraka va taraqqiyot bo‘ladi.