#Ayollarni_e'zozlash_oyligi
#Faol_maktab

🌸 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan  Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida erta tongdan maktabimizning ayol ustozlarni va maktab o‘quvchi qizlarni maktabimiz yigitlari  tomonidan gullar bilan samimiy kutib olindi. 

О'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Ushbu bayram tadbiri ustozlarga hurmat va e’tibor ifodasi sifatida barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.