🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan joriyyilning 10-dekabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Navoiy MFY da joylashgan ko'chma kutubxonada nuroniy kitobxonlar ishtirokida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 📚 Tadbir davomida madhiyamizning yaratilish tarixi, undagi g‘oyalar, milliy qadriyatlarimiz aks etgan ma’naviy mazmun haqida fikr almashildi. 🕊 Ishtirokchilar madhiyaning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishdagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. ✨ Tadbir ishtirokchilar uchun iliq ruhda, ma’rifiy muhitda o‘tdi. Davra suhbatida 12 nafar nuroniy kitobxonlar ishtirok etishdi .
Davra suhbati