#Etirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Ibragimova Gulchexra Shaxobidinovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak mukofot Gulchexra Shaxobidinovnaning milliy adabiyotimiz, ma’naviyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, samarali mehnati hamda fidokorona faoliyatining e’tirofidir.

Qolaversa, ushbu yuksak mukofot bilan Komilov Ostanakul Odilovich - Qashqadaryo viloyati ko'zi ojizlar kutubxonasi direktori ham taqdirlandi


Ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.