Joriy yilning 21-aprel kuni Zarbdor tumani axborot-kutubxona markazida “O'zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda umumtaʼlim maktab oʻquvchilari tomonidan kutubxona boʻylab ekskursiya tashkil qilindi.Ekskursiya davomida oʻquvchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib kutubxonaga aʼzo boʻldilar.