Zarbdor tumanida kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi. Joriy yilning 25-iyun Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Mahoratli kutubxonachi"oyligi doirasida yoshlar va kitobxonlar uchun kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat bo‘ldi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxonaning turli bo‘limlari, mavjud adabiyotlar fondi, elektron xizmatlar hamda kitob o‘qish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar kutubxona faoliyati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kutubxona a’zosi bo‘lish istagini bildirdilar. Ekskursiyada 14 nafar kitobxon ishtirok etishdi
#Ekskursiya