📚 Joriy yilning 26-sentyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida 1-sonli Paltehnikumi oʻquvchilari ishtirokida kutubxona boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kutubxonaning faoliyati, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobxonlar bibliografik ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
#Ekskursiya