#Ekskursiya

Ekskursiya tashkil etildi

Joriy yilning 5-mart kuni Ichki ishlar bo‘limi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda axborot-kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ularga kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitobxonlar uchun mavjud imkoniyatlar hamda kitob mutolaasining ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati