#Ekskursiya
Joriy yilning 6-fevral kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida Zarbdor tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda bir guruh kitobxon nuroniylar ishtirokida ekskursiya tashkil etildi.
Tadbir davomida mehmonlar kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, zamonaviy xizmat turlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, mutolaaning ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazilib, kitobxonlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ekskursiya ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.