#Ekskursiya
Ekskursiya – bilim va taassurotlar manbai
2026-yil 25-mart kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida xizmat bo‘limi tomonidan 3-maktab o‘quvchilari uchun mazmunli va qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Ushbu ekskursiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar hamda zamonaviy axborot-resurslari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilarga kutubxonaning turli bo‘limlari, kitob fondi, o‘quv zallari hamda elektron resurslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan kitobxonlikning ahamiyati, muntazam kitob o‘qishning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
O‘quvchilar ekskursiya jarayonida kutubxonadagi yangi adabiyotlar bilan tanishdilar. Tadbir yakunida bir qator o‘quvchilar kutubxonaga yangi kitobxon sifatida a’zo qilindi