#Faol_kitobxonlar_taqdirlandi
Joriy yilning 9 iyul kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan kutubxonada o'tkazilgan "Zarbdorim oltin beshigim" nomli fotolavhalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tanlovda faol ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan kitobxonlar Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tanlov kitobxonlarning Vatanga muhabbat, yurtimizning goʻzal maskanlarini targʻib etish, ijodiy fikrlash hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Faol kitobxonlar taqdirlandi