[30.07.2026 11:53] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 4 photos ]
#JamoaviyHamkorlik
Zarbdor Axborot-kutubxona markazida “Kreativ o‘yin” tashkil etildi
Joriy yilning 30-iyul kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash, ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda kasbiy salohiyatni oshirish maqsadida “Kreativ o‘yin” tashkil etildi.
Qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tgan o‘yinda xodimlar o‘zlarining zukkoligi, tezkor fikrlashi hamda ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar. Tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga, jamoada hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi AKT xizmati
#JamoaviyHamkorlik