Joriy yilning 20- iyunda Bibliografiya bo‘limi tomonidan “Kasbim — faxrim” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Dars davomida hodimlarga davriy nashrlarga kartateka yozish, kitobxonlarga esdalik, adabiyotlar tavsiya roʻyxati ,qoʻllanmalar tuzish haqida hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan insonlar hayoti, ularning kasbga bo‘lgan mehr-muhabbati va yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tanlangan kasbda yetuk mutaxassis bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalar haqida fikr almashildi.
Kasbim faxrim