✅ Jizzax shahri Sh.Rashidov nomidagi axborot-kutubxona markazida sayyor o’quv kurslari tashkil etildi 📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Respublika axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi “Elektron kutubxona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” o’quv kursi joriy yilning 7-aprel kunidan Jizzax shahri Sh.Rashidov nomidagi axborot-kutubxona markazida sayyor o’quv kurslari tashkil etildi. 📚 Mazkur kursda Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Fond boʻlimi raxbari Boymirzayeva Dilrabo, Bibliografiya boʻlimi raxbari Almanova Nigora AKT boʻlimi mutaxassisi Xolqoʻziyeva Saboxatlar faol ishtirok etidilar. Ushbu oʻquv kursida tinglovchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish hamda foydalanuvchilarga hizmat koʻrsatish sifati, tezkorligini oshirish maqsad qilib olingan.