Kitob — barchamiz uchun nur manbai. Shu bois kutubxonamiz imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun ham eshiklarini keng ochdi. Joriy yilning 28-oktyabr kuni Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mustaqillik MFYda yashovchi imkoniyati cheklangan kitobxon Eshbo'tayeva Nafisa honadonida bo'lib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda mehr bilan xizmat ko‘rsatildi. Chunki kutubxona — bu mehr va ma’naviyat maskani.