Kitobxonlikni keng targ‘ib etish yo‘lida

Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimi Karimova Gulchehra tomonidan tumandagi Yo‘ldoshev o‘quv markazida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar va o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda kutubxona foydalanuvchilari safini yanada kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga kutubxona fondida mavjud badiiy, ilmiy-ommabop va sohaviy adabiyotlar, elektron resurslar hamda kutubxona tomonidan yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mutolaaning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazilib, yoshlar kutubxonaga a’zo bo‘lishga chorlandi.