#kitob_koʻrgazmasi

Yoshlar kuniga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi 

Joriy yilning 9 - aprel kuni Yoshlar kuniga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Yoshlar kunini munosib nishonlash maqsadida Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada 50 ga yaqin turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur ko‘rgazma yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni mutolaaga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.