Joriy yilning 9-oktyabr kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida “Kitobning mening hayotimdagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda 1- sonli paltehnikumi oʻquvchilari hamda xodimlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida ishtirokchilar kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning tafakkur va ma’naviyatni boyitishdagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Kitobxonlar o‘z hayotiy tajribalari asosida mutolaaning insonni ezgulikka, sabr-toqat va bilimga undashi haqida so‘z yuritdilar. Tadbir samimiy muhitda o‘tib, kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni kitobga mehr uyg‘otish va o‘qish odatini shakllantirishga xizmat qildi.
Kitobning mening hayotimdagi o‘rni”