Har oyning 17-sanasida Respublikamizda “Kitobxon onalar kuni” sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oybek mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ayollar uchun kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ayollar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish, ularni farzand tarbiyasida kitobning o‘rnini anglashga chorlash, hamda oilaviy kitobxonlik an’analarini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Kutubxona xodimlari tomonidan turli mavzulardagi badiiy va ma’rifiy kitoblar namoyish etilib, ularning mazmu ni haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. 17 числа каждого месяца в нашей республике отмечается День матерей, любящих книгу. В честь этого события сотрудники Информационно-библиотечного центра Зарбдорского района организовали для женщин, проживающих в сходе граждан махалли «Ойбек», акцию по популяризации книг. В ходе акции особое внимание уделялось формированию культуры чтения у женщин, пониманию роли книги в воспитании детей, широкой пропаганде традиций семейного чтения. Сотрудники библиотеки демонстрировали художественную и познавательную литературу различной тематики, а также кратко рассказывали об их содержании. The 17th of every month is celebrated in our Republic as “Book-loving Mothers Day”. On this occasion, the employees of the Zarbdor District Information and Library Center organized a book promotion event for women living in the Oybek Mahalla Citizens' Assembly. During the event, special attention was paid to forming a reading culture among women, encouraging them to understand the role of books in raising children, and widely promoting the traditions of family reading. The library employees demonstrated fiction and educational books on various topics and provided brief information about their content.
Kitobxon onalar – jamiyat madaniyatining tayanchi