Joriy yilning 17- iyun kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi xizmat boʻlimi hodimi Karimova Gulchexra tomonidan "Kitobxon onalar kuniga bagʻishlab davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida onaning jamiyatdagi oʻrni, kitobxonlik madaniyatining oilada shakllanishidagi roli haqida soʻz yuritildi. Faol kitobxon onalar oʻz farzandlariga kitob oʻqishga boʻlgan mehrni qanday singdirayotganliklari haqida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Tadbir davomida she’rlar, hikmatli so‘zlar, hayotiy voqealardan lavhalar tinglandi.
Kitobxon onalar kuni