Har oyning 17-sanasida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan Zarbdor axborot-kutubxona markazida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida onalar uchun yangi kitoblar taqdimoti, foydali suhbatlar va tajriba almashish jarayonlari o‘tkazildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularni yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda kitob orqali oilaviy ma’naviyatni mustahkamlashdan iborat.