KITOBXON ONA — MA’RIFATLI AVLOD TARBIYACHISI
Bugun — 17-sentabr. Har oyning 17-sanasida o‘tkazilishi an’anaga aylantirilayotgan “Kitobxon onalar kuni” loyihasining navbatdagi uchrashuvi Zarbdor tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog xodimlari bilan o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutolaaning inson tafakkurini boyitishi, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzand tarbiyasida ota-ona shaxsiy namunasining o‘rni haqida fikr almashildi.