Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish maqsadida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan malaka oshirish mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etish, kitob fondlarini samarali boshqarish, elektron resurslardan foydalanish, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sohadagi yangi tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur malaka oshirish kurslari kutubxona xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirish, zamonaviy bilim va tajribalarni egallash hamda aholi uchun ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.