Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan mahallalarda kitob targ‘iboti tashkil etildi.

Targ‘ibot jarayonida aholiga kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va bilimini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar tavsiya qilinib, kitobxonlikka qiziqishni oshirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi.

📖 Kitob — inson tafakkurini boyituvchi, qalbini ezgulikka chorlovchi bebaho manba!