#Kitob_targʻiboti

MAHALLALARDA KITOB TARG‘IBOTI

Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimi Karimova Gulchehra tomonidan mahallalarda kitob targ‘iboti ishlari olib borildi.
Targ‘ibot davomida aholiga kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish hamda kitobga bo‘lgan mehrni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kitob — ma’naviyat chirog‘i, bilim va tafakkur manbai. Mahallalarda olib borilayotgan bunday targ‘ibot ishlari aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.