#Mahorat_darsi
💻 Navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mashg'ulot davomida xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko'nikmalarini yanada oshirish, raqamli xizmatlardan unumli foydalanish hamda zamonaviy dasturlar bilan ishlash bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday mahorat darslari xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, xizmatlar sifatini oshirish va kutubxona faoliyatini raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Mahorat darsi