Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abulqosim Mamarasulovning “Mening go‘zal Zulayhom” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda adibning ijodiy faoliyati, yangi asarning yaratilish tarixi va mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.
💐 Adibning ushbu asari umr yo‘ldoshi Zulayho Sattarovaga birga kechirilgan umr, hamnafaslik, mehr va sadoqat uchun minnatdorchilik ramzi sifatida yaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Taqdimot davomida ijodkor bilan samimiy suhbat bo‘lib, asarning mazmuni, undagi kechinmalar va qahramonlar haqida qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.