Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo‘lib, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun tumanimizda “Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimizdir” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Unda mahallaning faol xotin-qizlari, uy bekalari,nuroniylari ishtirok etdi. Tadbirda o‘zbek millatining urf-odatlari va an’analarini targ‘ib etuvchi ko‘rgazmalar, bolalar va ayollar folklor jamoasining chiqishlari namoyish etildi.