Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan uyushmagan yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Mustaqillik Deklaratsiyasining tarixiy ahamiyati, uning yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz ertangi kuniga ta’siri haqida so‘z yuritildi. 📚 Tadbir davomida deklaratsiya matnidan parchalar o‘qildi, tarixiy videoroliklar namoyish etildi va ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu kabi uchrashuvlar yoshlar ongida yurtga muhabbat va faxr tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. ✍️ Tashkilotchi: Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi 📍 Ishtirokchilar: Uyushmagan yoshlar, mahalla faollari, kutubxona xodimlari 📆 Sana: 06.23.2025y
Mustaqillik — eng ulug‘ ne’mat!