“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” 🌸

Zarbdor tumani markazidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida bayramona saf yurishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Navro‘z ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tantanali yurishlarda turli tashkilot va muassasalar jamoalari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Bayramona ruhda o‘tayotgan saf yurishlari, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.