#Tadbirlar
“Omadli kitobxon” loyihasi
Joriy yilning 27 avgust kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni mutolaaga jalb etish hamda faol kitobxonlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Omadli kitobxon” loyihasi doirasida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Loyiha doirasida faol ishtirok etgan Pardaboyeva Pokiza, 2-sinf o‘quvchisi munosib taqdirlandi.
Tadbir davomida faol kitobxonlarga esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshirildi. Bunday loyihalar yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Omadli kitobxon loyihasi