ONA TILIM — MILLATIM FAXRI!
🗓 20-oktyabr kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi, Zarbdor tuman “Oltin vodiy” madaniyat uyi hamda 26-maktab hamkorligida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tilim — millatim g‘ururi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🎙 Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abulqosim Mamarasulov bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda ona tilimizning boyligi, jozibasi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
🇺🇿 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho merosimiz timsolidir. Uni asrash, e’zozlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir!
Ona tilimiz doimo ardoqda, qadri baland bo‘lsin!