Joriy yilning 25-iyul kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Mahoratli kutubxonachi"oyligi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam qalamiga mansub “Onamning kundaligi” nomli asarga bag‘ishlangan kitob taqdimoti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan ona siymosi, oilaviy qadriyatlar, mehr-oqibat kabi gumanistik g‘oyalar keng muhokama qilindi. Kitobxonlar, ayniqsa yoshlar, asardagi hayotiy voqealardan chuqur taassurot olishdi va muallifning ijodiy uslubi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Taqdimot davomida kutubxona xodimlari tomonidan Erkin A’zamning boshqa asarlari haqida ham ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarga mutolaa uchun tavsiyalar taqdim etildi. Tadbirda 12 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.