[23.07.2026 11:14] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 5 фото ]

#Payshanba_yoshlar_kuni

🌱 Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan yosh fermerlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan yosh fermerlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda kitob mutolaasining shaxs kamoloti va kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarga oid adabiyotlar tavsiya etilib, kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.