Joriy yilning 17 iyul kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi muhim voqealar, amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat, yuksak kasb odobi va xizmat intizomini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ishtirokchilar mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Bunday siyosiy-ma'rifat soatlari xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, siyosiy tafakkurini kengaytirish hamda xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Siyosiy -ma'rifat soati