2026-yil 21-oktabr kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, uning rivojlanishi va nufuzini yuksaltirishga bag‘ishlangan kitoblar hamda adabiyotlar o‘rin oldi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho boyligimizdir. Uni asrab-avaylash, hurmat qilish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Ona tilimiz — g‘ururimiz, faxrimiz va millatimiz iftixori!