#Ayollarni_e'zozlash_oyligi
#Uslubiy_va_amaliy_yordam
Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi bibliografiya bo‘limi mutaxassisi tomonidan markaz xodimlari hamda 1-sonli texnikum xodimlariga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.
Uchrashuv davomida bibliografik ma’lumotlarni rasmiylashtirish, adabiyotlar ro‘yxatini tuzish, elektron kataloglar bilan ishlash hamda foydalanuvchilarga axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qildi.
Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati