[30.09.2026 15:20] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 4 photos ]
#Ekskursiya
📚 USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN EKSKURSIYA
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazining faoliyati, mavjud bo‘limlar, kitob fondi hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari haqida ma’lumot berildi.
Tashrif davomida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtirom, kitob mutolaasining inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
🌿 Ustozga ehtirom — kelajakka hurmat!
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ekskursiya