Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi tomonidan O‘zbekistonning atoqli davlat arbobi va iste’dodli adibi Sharof Rashidovning mashhur «Kashmir qo‘shig‘i» ikki dil dostoniga bag‘ishlangan virtual ko‘rgazma tashkil etildi.

Mazkur virtual ko‘rgazmada asarning yaratilish tarixi, badiiy va g‘oyaviy ahamiyati, unda yoritilgan insoniylik, mehr-muhabbat, sadoqat va tinchlik g‘oyalari haqida ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, «Kashmir qo‘shig‘i»ning jahonning 56 tiliga tarjima qilingani va o‘zbek adabiyotini dunyoga tanitgan eng mashhur asarlardan biri ekani alohida e’tirof etilgan.

Barcha kitobxonlarni ushbu virtual ko‘rgazma bilan tanishishga va Sharof Rashidovning boy adabiy merosini mutolaa qilishga chorlaymiz.