📚 Kitobxonlar uchun yangi adabiyotlar taqdimoti Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlar turli yo‘nalishlardagi yangi nashrlar bilan yaqindan tanishtirildi, ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Yangi adabiyotlar kitobxonlarning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar haqida savollar berib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Tadbirda 19 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi. 📖 Sizni ham kutubxonamizga tashrif buyurib, yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishishga chorlaymiz!