Joriy yilning 25-iyun kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Mahoratli kutubxonachi"oyligi doirasida zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri — shoir va yozuvchi Javlon Jovliyev ijodiga bag‘ishlangan bibliografik sharh (obzor) tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida Javlon Jovliyevning hayoti, ijodiy faoliyati, asarlari va adabiyotdagi o‘ziga xos o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Uning she’rlari, nasriy asarlari, publitsistik maqolalari kitobxonlar tomonidan yuksak baholandi. Tadbir tinglovchilarni zamonaviy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Tadbirda 13 nafar kitobxon ishtirok etishdi