Yozgi ta'til – bu nafaqat hordiq chiqarish, balki yangi bilim va taassurotlar orttirish uchun ham eng yaxshi davrdir. Yil davomida o'qish, darslar, imtihonlar bilan band bo‘lgan o‘quvchilar uchun ta’til paytida dam olish zarur. Biroq, bu vaqtni nafaqat hordiq, balki foydali mashg‘ulotlar bilan o'tkazish ham muhimdir. Kitob o‘qish – bunday foydali mashg‘ulotlarning eng yaxshisidir. Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi hamda Tinchlik MFY bilan hamkorlikda o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 16-maktab oʻquvchilari ishtirokida "Yozgi taʼtilni kitob bilan oʻtkazamiz" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Yozgi taʼtilni kitob bilan oʻtkazamiz