#Kitobsevar_millat
#Kitobxonlik_haftaligi_VI
“Zakovat” intellektual o‘yini
📅 Joriy yilning 17-aprel kuni
📍 Zarbdor axborot-kutubxona markazida
“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
📚 Mazkur o‘yinda ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazib, mantiqiy savollarga javob topishda faol ishtirok etdilar.
👥 O‘yinda “Liderlar” jamoasi, “Temuriy izdoshlari” jamoasi hamda “Kelajak yoshlari” jamoasi ishtirok etdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Kelajak yoshlari” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Liderlar” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Temuriy izdoshlari” jamoasi
🎁 G‘oliblarga Zarbdor axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
✨ Tadbir qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi hamda ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirdi.