Jizzax viloyati Zarbdor tumanida Respublika ishchi guruhi va tuman shtabi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tuman shtabi a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, o‘rganish jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Respublika ishchi guruhi a’zolari Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga ham tashrif buyurib, muassasa faoliyati, kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va kitobxonlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.